Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi

1- mart baxor faslining birinchi kuni bo'lishi bilan birgalikda O'zbek xalqing ardoqli shoirasi vafo va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim Isroilova tavallud topgan kun hisoblanadi. Yurtimizda Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi chinakam adabiyot bayrami sifatida keng nishonlanib kelmoqda. Shunday tadbirlardan biri Qorako'l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ham nishonlandi. Tadbirda shoiraning hayot va ijod yo’li to’g’risida ma’ruzalar, sahna ko’rinishlari va she’riy sahnalar namoyish etildi.